Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oilam» videoloyihasi: OTA

«Oilam» loyihasining birinchi qahramoni Olmaliq shahridagi «Ma’rifat» mahallasida yashaydigan 71 yoshli Abdumavlon Ibrohimov.

Bir necha yillar maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Abudmavlon otaning 5 nafar farzandi bor, uch o‘g‘il, ikki nafar qiz.

Otalar odatda bolalari uchun  — o‘z yo‘lini topishda yo‘lboshchi. Qahramonimiz 71 yoshda bo‘lishiga qaramay serharakat. O‘g‘illariga aynan serqirraligi bilan o‘rnak.

Otaning yaxshi ko‘rgan gapi bor: «Bolalarning har qanday harakatini, ishini, boshlamoqchi bo‘lgan tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kerak, ularning mustaqil bo‘lishiga qo‘yib berish kerak».

Turmush o‘rtog‘i Xolqizoy xola bilan yarim asr yashab qilgan xulosasi esa «Xotinni hurmat qilib yashagan erkakning oilasida totuvlik bo‘ladi: «O‘g‘illarimga aytaman, bizday oila bo‘lishni istasalaring ota yo‘lini tutinglar, men onalaringni qanday hurmat qilgan bo‘lsam, sizlar ham turmush o‘rtoqlaringizni shunday hurmat qilingsizlar».

Yana Abdumavlon ota yaxshi qaynota, maktabni bitirganiga 13 yil bo‘lgan kelinining ikki yil oldin o‘qishga hujjat topshirishiga xayrihox bo‘lgan. Maktabni faqat beshga bitirganini eshitgan qaynota keliniga «bu beshlarni uvol qilmang, o‘qing, men qarashaman», degan va o‘qishga kirgan kelinining kontrakt pulini o‘z pensiyasidan to‘lab bergan.

Bu oilaning boshlig‘i Abdumavlon akaning yaxshi ota, yaxshi bobo, yaxshi turmush o‘rtoq, mehribon qaynota ekani haqida juda ko‘p yozish mumkin. Ayniqsa, otaning bugun bilan hamnafas ekanligi, internet orqali ispaniyalik, italiyalik do‘stlar orttirgani, ular bilan internet orqali tarjima programmasidan foydalanib yozishib turishini yaxshisi qahramonimizning o‘zidan eshitamiz... 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring