Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimpiya olovi Spartada to‘xtatildi

Olimpiya olovi Spartada to‘xtatildi

Foto: EPA/UPG

Koronavirus epidemiyasi tufayli Olimpiya olovi estafetasi to‘xtatildi. Ushbu qarorni Gretsiya Milliy olimpiya qo‘mitasi bugun, 13-mart kuni qabul qildi.

«Gretsiya Olimpiya qo‘mitasi, aholini koronavirusdan himoya qilish maqsadida, juma kuni Gretsiyada Olimpiya olovi estafetasini to‘xtatishga qaror qildi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Gretsiyada Olimpiya olovi Qadimgi Olimpiyada kecha, 12-mart kuni yoqilib, birinchi kuni Kalamata shahrigacha olib borilgan, bugun Spartaga yetib kelgandi.

Olovning tantanali topshirilish marosimiga odamlar ko‘p kelayotgani mahalliy hukumatni tashvishga solib qo‘ygan.

Shundan so‘ng Gretsiya MOQ sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishuv asosida dasturning qolgan qismini bekor qilgan.

Olimpiya olovi Tokio-2020 Olimpiadasi tashkilotchisi — Yaponiyaga 19-mart kuni Afinadagi «Panatinaikos» stadionida jamoatchilik ishtirokisiz topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring