Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaliqda koronavirusdan bir necha kishi vafot etgani haqida audio tarqaldi. Shahar bosh shifokori bunga izoh berdi

Olmaliqda koronavirusdan bir necha kishi vafot etgani haqida audio tarqaldi. Shahar bosh shifokori bunga izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda Olmaliq shahrida koronavirus kasalligi qayd etilgani, bir necha kishi qurbon bo‘lgani va ma’lumotlar xalqdan yashirilayotgani bo‘yicha fikrlar aytilgan audioyozuv tarqaldi.

Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Rustam Ubaydullayev mazkur xabar yuzasidan OAV xodimlariga kichik intervyu berdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri ma’lum qildi. 

Foto:«Xabar.uz»

«Avvalo, bir gapni ta’kidlamoqchiman: yuqoridagi audioyozuvdagi ma’lumotlar haqiqatga yaqin emas. Unda so‘zlagan kishining tibbiyot sohasidan emasligi, sohani tushunmasligi ko‘rinib turibdi. Audio internet tarmog‘ida tarqalgach, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan ham muloqot o‘tkazdim. 

Koronavirus respublika hududida qayd etilsa uni yashirishning iloji yo‘q. Biroz avval, Janubiy Koreyadan kelgan olmaliqlik fuqaroda yuqori harorat kuzatilgan edi. U darrov nazoratga olinib, tekshirildi. Tahlillar talabaning oddiy grippga chalinganini ko‘rsatdi. 

Shahrimiz aholisini asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni va vahimaga tushmaslikni so‘rardim. Yuqorida audioyozuvga keladigan bo‘lsak, hozirda IIV vakillari ovoz egasini topish maqsadida tegishli ishlar olib bormoqda»

Olmaliq shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi rahbari Farrux Musayevga ko‘ra, koronavrius bo‘yicha maxsus shtab faoliyat olib bormoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring