Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmazor tumanida ro‘y bergan hodisa haqida rasmiy xabar berildi

Olmazor tumanida ro‘y bergan hodisa haqida rasmiy xabar berildi

Internet tarmog‘ida «Sokin soy» kafesi yaqinida bir nechta kishi va haydovchi o‘rtasida kelishmovchilik videosi tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

2021 yil 21 sentyabr kuni Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida 30 yoshli Farxod I. «Spark» rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo‘l chetida to‘xtagan. So‘ng bir nechta noma’lum shaxslar kelib, haydovchi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etib ichki ishlar organlariga jo‘natmoqchi deb o‘ylab u bilan janjal boshlashgan.

Holat Olmazor tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo‘limida qayd etildi. Hozirgi vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan noma’lum kishilarning shaxslarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Ularning hatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qonuniy chora ko‘riladi, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring