Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazorlik tadbirkor foyda olaman deb chuv tushdi

Olmazorlik tadbirkor foyda olaman deb chuv tushdi

Bundan to‘rt yil ilgari uchtepalik 1961-yilda tug‘ilgan N.A. olmazorlik 1972-yilda tug‘ilgan tadbirkor K.M.ni aldab, undan 31 750 000 so‘m pulini olib, bu pulga mebel olib kelamiz va birga tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, tushgan foydani teng bo‘lamiz deb va’da bergan. Biroq bu va’da, mana to‘rt yildirki, bajarilmadi. «Tadbirkor» yuqorida ko‘rsatilgan summani o‘z ehtiyojiga ishlatib yubordi.

Hozir mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish yaxshi. Biroq har bir faoliyat qonun asosida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Yuqoridagi holatda jabrlanuvchi hali boshlanmagan faoliyati uchun chuv tushib qoldi. Axir bu summani berishdan avval notarial idora orqali qarz shartnomasi tuzish mumkin edi.

O‘zbekchiligimizga xos istihola, andisha kabi xususiyatlar ba’zan o‘zimizga pand berib qolganida, aldanib, pushaymon bo‘lganimizdagina qonun, huquq-tartibot idoralari ko‘z oldimizga keladi, huquqlarimizni tiklab berishlarini so‘rab, idorama-idora eshik qoqamiz. Balki bunga huquqiy savodsizligimiz sababdir. Balki qing‘ir ishning oxiri berk ekanligini bilsak-da, shu yo‘ldan bir yurib ko‘rishni afzal bilganimiz sababdir. Xullas, sabablar ko‘p. Siz ham bunday firibgarlarga chuv tushib qolmang deymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring