Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti oylik tanaffusdan so‘ng maktablarda o‘qish boshlandi

Olti oylik tanaffusdan so‘ng maktablarda o‘qish boshlandi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

O‘zbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, 16-martdan boshlab, an’anaviy ta’lim jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilib, bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi.

Bugun, 6 oy deganda 7-sentyabr kuni 324 maktab o‘quv dargohini sog‘ingan o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tkazdi, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi 2020/2021 o‘quv yili rasman joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi ta’lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya’ni an’anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma’qul ko‘rishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring