Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oltin O‘rda xazinasini yumronqoziq topib oldi

Oltin O‘rda xazinasini yumronqoziq topib oldi

Foto: «iStock»

Selitrensk qo‘rg‘onida arxeologlar bilan g‘aroyib hodisa sodir bo‘ldi. «Rossiyskaya gazeta» yozishicha, ular bu yerda — XIII-XV-asrlarda Oltin O‘rda poytaxti bo‘lgan Saroy shahri o‘rnida qazilma ishlarini olib borishayotgan edi.

Arxeologlar yumronqoziq yer yuzasiga chiqarib tashlagan kumush tangalarni tasodifan topib olishdi. Aftidan tangalar yumronqoziqqa yer ostida «qazish ishlari»ni olib borishda xalaqit bergan.

Tangalarni ko‘rgan arxeologlar ayni shu joyni qazishga kirishdilar va butun boshli xazinaga duch kelishdi.

Olimlarning taxminiga ko‘ra, tangalar kanop xaltachada saqlangan, vaqtlar o‘tib, mato chirib bitgan — tangalarning bir joyda to‘planib qolishiga sabab shu.

— Bu xazina bizga o‘rta asrlar tangalar zarb etish texnologiyasi hamda Oltin O‘rda pul aylanish tizimi haqida ko‘p ma’lumotlar beradi, — deyishdi arxeologik ekspeditsiya a’zolari — Mariysk davlat universiteti olimlari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring