Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Omikronning yashirin yangi mutatsiyasi paydo bo‘ldi — oldingisidan tezroq

Omikronning yashirin yangi mutatsiyasi paydo bo‘ldi — oldingisidan tezroq

Foto: «RIA Novosti»

Daniyalik olimlar omikron-shtammning yana bir stels (yashirin) mutatsiyasini topishdi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, hozir Daniyada BA.2 shtammining (stels-omikron nomini olgan) yangi mutatsiyasi bilan kasallanishlar 24 foizni tashkil etyapti. Yangi mutatsiyada ORF3a oqsilida o‘zgarish yuz bergan.

Yangi mutatsiyaning xos jihati — hujayralarda yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi va virusning odam hujayralari bo‘ylab tarqalishiga xizmat qiladi.

Shu bois ekspertlar yangi stels-omikron oldingisidan tezroq tarqalishi mumkin, deyishmoqda. Kamiga, omikronning ushbu mutatsiyasi oldingi shtammlarga turib bergan antitanalarga chap berish xususiyatiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring