Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ommaviy yurish tadbirida 10 mingga yaqin kishi qatnashdi (foto)

Ommaviy yurish tadbirida 10 mingga yaqin kishi qatnashdi (foto)

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 24-avgust kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz» shiori ostida ommaviy yurish hamda «Salomatlik startlari» tadbirlari tashkil etildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Poytaxtimizda o‘tkazilgan tadbirlarda 10 mingga yaqin kishi «Xalqlar do‘stligi» saroyidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab, to Milliy olimpiya qo‘mitasigacha bo‘lgan masofada tashkil etilgan faol yurishda ishtirok etishdi. So‘ngra Paxtakor stadionida «Salomatlik startlari» tadbiri, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil etildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, taraqqiyot tufayli insoniyat hayot tarzida kamharakatlilikka odatlanayotgani ko‘plab tibbiy-ijtimoiy muammolarga sabab bo‘lmoqda. Dunyo miqyosida qayd etilayotgan o‘lim holatining har to‘rtdan biriga aynan shu muammo sabab bo‘lmoqda. Masalan, sut bezi va yo‘g‘on ichak saratoni, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari yuzaga kelishining 25-30 foiziga ana shu omil jiddiy turtki bo‘ladi.

Bunday muammoning oldini olish har bir insonning o‘z qo‘lida. To‘g‘ri, bugungi tig‘iz ish kuni soatlab sport mashg‘ulotlari bajarishga imkon bermasligi mumkin. Biroq, hech bo‘lmaganda kunda-kunora 20-30 daqiqalik jismoniy mashqlar bajarish, kuniga 1-2 kilometr piyoda yurish uchun hammada imkon topiladi.

Shifokorlarning aytishicha, ana shu ozgina harakat ham organizmni kislorodga to‘yintirish, modda almashinuvini yaxshilashda ijobiy natija beradi. Bunday kun tartibiga odatlangan inson xafaqon, infarkt, insult, saraton kabi og‘ir kasalliklardan o‘zini himoyalaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring