Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n oltita soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘n oltita soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Foto: Xabar.uz

Bir vaqtning o‘zida 16 soliq inspeksiyasiga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda. Jumladan:

Seitov Aydos Iskenderovich Chimboy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eshmuratov Askar Kochkarovich Qanliko‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Qo‘ng‘irot tumani soliq inspeksiyasida sho‘’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Raximov Jahongir Bazarbayevich Amudaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Amudaryo tumani soliq inspeksiyasida davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ganiyev Shamshet Berdibayevich Kegeyli tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Taxiatosh tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ergashov Jamshid Ashurovich Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Toshkent shahar soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toxtaoxunov Mansurjon Shuxratovich Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sobirov Azizbek Avazbekovich Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Andijon viloyati soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xolmatov Askarjon Raximmirzayevich Kosonsoy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Normatov Sayyorbek Qobuljonovich Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tursunov Doniyor Abloyor o‘g‘li Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Norin tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Usmonov Anvar Israilovich Oqoltin tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ikramov Oybek Uktamovich Sardoba tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasida sho‘’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Turdiyev Baxtiyor Ziyadullayevich Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qosimov Shamsiddin Xisomiddinovich Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Uzun tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xazratov Sherzod Boymamatovich Bo‘ka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Yuqori Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Musayev Ikrom Tadjibayevich Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar Ohangaron tumani soliq inspeksiyasida sho‘’ba boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring