Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Open Data Challenge-2018» tanlovida qatnashing va g‘olib bo‘ling!

«Open Data Challenge-2018» tanlovida qatnashing va g‘olib bo‘ling!

Foto: «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi

Toshkent shahrida 2018-yilning 30-noyabr — 2-dekabr kunlari «Open Data Challenge-2018» (Hakaton) — ochiq ma’lumotlar asosida ilovalar ishlab chiqish bo‘yicha an’anaviy tanlov bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining axborot xizmati xabar berdi.

Hakaton dasturchi jamoalar hukumat ochiq ma’lumotlaridan foydalanib dasturiy mahsulotlarni tezkor sur’atda ishlab chiqishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovdir.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan bu tanlov «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari kordinatori, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakilligi, Jahon bankining Toshkentdagi vakilligi tashkilotchi sifatida qatnashmoqda. «UZINFOCOM» MChJ yagona integratori, infoCOM.UZ axborot-tahliliy jurnali esa hamkor tashkilotlar sifatida tanlovni qo‘llab-quvvatlaydi.

«Open Data Challenge» tanlovining boshqa tanlovlardan farqi shundaki, ishtirokchi va ishtirokchilar guruhlari aniq belgilab berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim: bu muddat ichida abstrakt g‘oyalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yoxud alfa-ko‘rinishiga keltiriladi.

To‘rt kunlik faoliyat davomida «Open Data Challenge-2018» ishtirokchilari moliya, transport, ta’lim, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, ekologiya kabi jamiyat hayotining barcha yo‘nalishlari uchun foydali bo‘lgan yangi loyihalarni taqdim etadilar. Mobil va veb-ilovalar ishlab chiqiladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, Hakaton doirasida dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga oid treninglar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring