Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqib borayotgan «Jiguli»: Jizzaxga kuchli sel keldi (video+foto)

Oqib borayotgan «Jiguli»: Jizzaxga kuchli sel keldi (video+foto)

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchiliklar sabab sel kelishi kuzatildi.

Ayniqsa, markaziy viloyatlar, jumladan, Jizzaxda anchagina katta sel hodisalari sodir bo‘lgan.

Xabar.uz’ga taqdim qilingan videolarda Forish tumani, Egizbuloq qishlog‘ida sel hatto maktab va bog‘chaga zarar yetkazayotgani, ayrim aholi uylari suv ostida qolganini ko‘rish mumkin. Sel «Jiguli» avtomobilini bemalol oqizib ketayotganidan tabiiy ofat kuchi seziladi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, suvning shashti ancha kamaygan. Hozircha FVV hodisa yuzasidan bayonot berganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zgidromet" avvalroq kuchli yomg‘irlar sabab sel kelishidan ogohlantirgandi.

Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring