Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchilar uchun ustama qanday hisoblanadi?

O‘qituvchilar uchun ustama qanday hisoblanadi?

Foto: Xabar.uz

«O‘qituvchi» telegram-kanalida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun to‘lanadigan ustama hisoblanishi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ILOVAda «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida» nizom mavjud.

Ushbu Nizom Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi.

Unga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

Shuningdek, Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz;
71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz;
76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz;
81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz;
86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz;
91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz;
96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz.

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Demak, belgilanadigan ustamalar o‘tgan o‘quv yakunlari bo‘yicha belgilanadi. Shuning uchun ustama yangi o‘quv yilidan boshlanishi to‘g‘ri deb hisoblaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring