Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Orenburgdagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Orenburgdagi YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yil 22-noyabr kuni Rossiyadagi Orenburg-Oqbuloq trassasida ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida  yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Natijada hamyurtlarimizdan 4 nafari vafot etdi, 1 nafari esa Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirildi.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring