Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan 6 oyda ishsizlik darajasi 0,9 foizga kamaydi – Mehnat vazirligi

O‘tgan 6 oyda ishsizlik darajasi 0,9 foizga kamaydi – Mehnat vazirligi

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi.

Bu Mehnat vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan 108 ta shahar va tumanlardagi 32 ming nafar respondentlar o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada aniqlangan.

Unga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyun holatiga:

– mehnat resurslari soni 19 mln 453,3 ming kishi (2021-yilning shu davriga nisbatan 153,7 ming kishiga oshgan);  

– iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 mln 773,6 ming kishi (261,3 ming kishiga oshgan);  

– rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln 74,4 ming kishi (240,6 ming kishiga oshgan);

– norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 mln 690,3 ming kishi (507,5 ming kishiga kamaygan);

– xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlar 2 mln 8,8 ming kishi (528,2 ming kishiga oshgan)ni tashkil qilgan.

Shuningdek, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 326,6 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida  8,8 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz bo‘ldi.

Hisobot davrida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 353,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  0,9 foizga yoki 38,8 ming kishiga ortishi kuzatildi.  

Bunda, ishlashni xohlamaydigan yoki darhol ishga joylashishga imkoniyati yo‘qlar o‘tgan yilga nisbatan 183,6 ming kishiga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan talabalar hamda tug‘ruq ta’tilidagi ayollar soni 222,4 ming kishiga oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring