Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan bir yilda 73 ming o‘zbekistonlik haj va umra ziyoratlarini amalga oshirgan

O‘tgan bir yilda 73 ming o‘zbekistonlik haj va umra ziyoratlarini amalga oshirgan

O‘tgan bir yilda 73 ming o‘zbekistonlik haj va umra ziyoratlarini amalga oshirgan. Bu haqda Din ishlar bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Salomov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida fuqarolar uchun Haj va Umra ziyoratlari yuqori saviyada tashkil etilib, 2022-yilda 12 045 nafar ziyoratchilar Haj amallarini, 61 mingdan ortiq ziyoratchilar Umra amallarini ado etganlar. 

«Fuqarolarimizning muqaddas ziyoratga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida Jamoatchilik kengashi qarori asosida Haj va Umra safarlarini tashkil etish yangi bosqichga ko‘tarildi.

Xususan, Umra safariga boruvchi ziyoratchilar sonini belgilash bo‘yicha kvota olib tashlandi, natijada respublikamizning ayrim hududlarida navbatlar tugatildi, ba’zilarida esa navbatlarining sezilarli darajada kamayishiga erishildi», – deydi Qo‘mita mutasaddisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring