Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ovozsiz rejimdagi yo‘qolgan «iPhone»ni topish usuli

Ovozsiz rejimdagi yo‘qolgan «iPhone»ni topish usuli

Foto: «Macworld.com»

Xonadoningizda smartfonni yo‘qotib qo‘yish holatlari ko‘p uchrab turadimi? Agarda uning ovozi o‘chirilgan bo‘lsa, telefonni qidirish birmuncha qiyinlashadi. Ammo bu kabi holatlarning ham yechimi topilgan. «Layfxaker» bu borada o‘z maslahatlarini taqdim etadi.

«iPhone»ni topish» dasturi yordamida

Ushbu dasturning ajoyibligi shundaki, uning yordamida nafaqat «iPhone»ni, balki «iPod», «iPad», hatto «MacBook»ni ham topish mumkin. Eng muhimi — qurilmani yo‘qotib qo‘yguningizga qadar dasturni sozlab oling.

  • «Sozlamalar» bo‘limiga kirib, → «iCloud» → «iPhone»ni topish» bandini tanlang;
  • Agarda sizda «MacBook» bo‘lsa «Sozlamalar» → «iCloud» → «Mac’ni topish».

Kichik bir maslahat: «So‘nggi geopozitsiya» funksiyasini yoqib qo‘ying. Agarda qurilma batareyasi «o‘tirib» qolsa, u «iCloud»ga uning so‘nggi bor qayerda turganli haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.

Yo‘qolgan gadjetni topish uchun quyidagilarni bajaring:

  • «iPhone»ni topish» dasturining boshqa bir qurilmada oching yoki «iCloud»ning rasmiy saytiga kiring. «Apple ID»ni kiritib, «iPhone»ni topish» belgilang;
  • Kerakli qurilmani tanlang;
  • «Ovozni chiqarish» tugmasini bosing.

Agarda qurilmangizni boshqa joyda yo‘qotib qo‘ysangiz, ushbu dastur yordamida undagi ma’lumotlarni bloklab qo‘yishingiz yoki o‘chirib tashlashingiz ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring