Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘xshash chehralar. «Google»ning yangilangan dasturi o‘zingizga o‘xshash suratni topishda yordam beradi

O‘xshash chehralar. «Google»ning yangilangan dasturi o‘zingizga o‘xshash suratni topishda yordam beradi

Foto: «Alphr»

«Google» kompaniyasi 2016 yilda chiqqan «Google Arts & Culture» mobil dasturini yangiladi. Endilikda foydalanuvchilar o‘zlarining tasviriga maksimal darajada o‘xshash chehralarni qidirib topishlari mumkin, deb xabar berdi «4PDA».

«Google Arts & Culture» mobil dasturi foydalanuvchiga maksimal darajada o‘xshash bo‘lgan bir nechta suratlarni taqdim etadi. Ta’kidlash joizki, natijalar juda hayratlanarli bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari «Google Arts & Culture» dasturi yordamida turli san’at asarlari haqida ham ma’lumot olish, dunyoga mashhur muzeylarga virtual sayohatlar uyushtirish va dunyo madaniyatidan to‘liq bahra olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring