Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘z egasini o‘ldirib qo‘ygan dunyodagi eng xavfli qush auksionda sotiladi

O‘z egasini o‘ldirib qo‘ygan dunyodagi eng xavfli qush auksionda sotiladi

Foto: «news-24.ru»

AQShning Florida shtatida kazuar o‘z egasi, 75 yoshli fermer Marvin Axosga tashlanib, uni o‘ldirgani haqida xabar bergandik.

«Gulf Coast Livestock Auction» auksion uyining xabariga ko‘ra, mazkur qotil qush auksionda sotuvga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun: Kazuarlar Ginnes rekordlar kitobiga eng xavfli qush sifatida kiritilgan. Ucha olmaydigan bu qushlarning tezligi 50 km/soatgacha yetadi. Ularning bo‘yi 2 metr, og‘irligi 60 kilogramm, tirnoqlari uzunligi esa 10 santimetrgacha yetadi. Kuchli oyoqlari bilan qaqshatqich zarba beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring