Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek adabiyotida 2000 sahifali roman yaratildi

O‘zbek adabiyotida 2000 sahifali roman yaratildi

Foto: «Xabar.uz»

Yozuvchi Abbos Said «Qazoi qadar» nomli yangi romanini yozib tugatdi. Roman 3 kitob, 2000 sahifadan iborat. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbek adabiyotida bunday hajman salmoqli asar hali yaratilmagan.

«Roman xalqimiz qariyb bir asr davomida boshidan kechirgan voqealarni qamrab olgan, — deydi muallif. – Boshqacha aytganda, roman «Ebola» virusi singari insoniyat hayotiga tahdid solayotgan ma’naviy tanazzullar tahliliga bag‘ishlangan. Roman ustida qariyb o‘n uch yil ishladim. Bir ijodkor sifatida ko‘nglimdan kechirganlarimni qog‘ozga tushirishga harakat qildim. Bunga nechog‘liq muvaffaq bo‘lganimga, albatta, kitobxon baho beradi.

Roman yaqinda nashrdan chiqarilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: Abbos Said «Xonchorbog‘liklar», «Rayhon isi tutgan hovli», «Ko‘chada qolgan odam», «Besh kunlik dunyo» kabi qissa va romanlari bilan kitobxonlarga yaxshi tanish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring