Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek-hind qo‘shma urug‘chilik klasteri tashkil etiladi

O‘zbek-hind qo‘shma urug‘chilik klasteri tashkil etiladi

Foto:Innovatsion rivojlanish matbuot xizmati

Hindistonning Gandinagare shahrida bo‘lib o‘tgan  «Jo‘shqin Gujarat» IX xalqaro investitsiya sammitida sarmoyadorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, turli sohalarda istiqboli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat rahbarimizning ilgari surgan qator taklif va tashabbuslari o‘laroq O‘zbekicton hukumati delegatsiyasi a’zolari mezbonlar bilan ilg‘or texnologiyalar va bilimlar almashishga doir kelishuvlarga erishdilar, deya xabar qiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati. 

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda Gujarat shtatiga chegaradosh bo‘lgan Maxarashtra shtatidagi gibrid va genetik modifikatsiyalangan (GM) urug‘larini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi «Nath Bio-Gens Ltd» kompaniyasi bilan Andijonda o‘zbek-hind qo‘shma urug‘chilik klasterini tashkil etishga kelishdilar.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Saidkomol Xodjayev hamda «Nath Bio-Gens, Ltd» kompaniyasi rahbari Satish Kaxlivaz imzolagan hujjatga asosan, O‘zbekistonda urug‘ yetishtirish uchun yer maydoni ajratilib, davlat-xususiy sherikchilik asosida urug‘chilik klasteri o‘z faoliyatini boshlaydi. Bunda urug‘larni ko‘paytirish va tayyorlash uchun hindistonlik mutaxassislarga mahalliy ekin navlarining murtak plazmalari va yurtimizda yaratilgan ekin navlari bilan ishlash imkoniyati beriladi.

«Nath Bio-Gens» kompaniyasi urug‘ yetishtirishdan to ularni sotishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy tizimni yaratish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritadi, shuningdek urug‘larni yangi navlarini taqdim etadi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida urug‘larni tijoratlashtirish mexanizmlari bo‘yicha amaliy maslahatlari bilan sohani rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Hindistondan O‘zbekistonga paxta, bug‘doy, pomidor, kartoshka, yeryong‘oq, loviya va sabzavotlar kabi eng muhim qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha urug‘chilik sohasidagi yangi innovatsiyalar olib kiriladi, bu yo‘nalishdagi tijoratlashirish ishlari ham birgalikda amalga oshiriladi.

Yaqin kunlarda hind mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurib, urug‘chilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, baho berishi, hamkorlikka doir masalalar esa yanada batafsil muhokama etilishi kutilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring