Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekgidroenergo» vakillari xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi

«O‘zbekgidroenergo» vakillari xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: «O‘zbekgidroenergo» axborot xizmati

“O‘zbekgidroenergo” AJ tizim tashkiloti “Gidroproyekt” AJ tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda barpo etilayotgan mikro, mini, kichik va yirik GESlarni loyihalashtirish hamda ular asosida ilmiy tadbqiqot olib borish borasida kator davlatlar mutaxassislari bilan seminarlar tashkil etilib, sohada yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash borasida o‘zaro fikr-almashish borasida turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasining “Lengidroproyekt” AJ, Moskva Gidroproyekt instituti, “Ingeoproyekt” MChJ, Moskva davlat qurilish universitetining gidrotexnika va energetika qurilishi instituti,  Ukraininaning “Ukrgidroproyekt” AJ  bilan shu kabi seminar va uchrashuvlar muntazam tashkil etib kelinmoqda, deb xabar qiladi «O‘zbekgidroenergo» axborot xizmati.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan ikki kunlik uchrashuv davomida soha mutaxassislari “Pskem” GESida olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif so‘ngida mutaxassislar hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring