Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi «DIGITAL ALMATY 2020» forumida qatnashadi

O‘zbekiston delegatsiyasi «DIGITAL ALMATY 2020» forumida qatnashadi

Ertaga, 31-yanvar kuni Qozog‘istonning janubiy poytaxti — Olmaota shahrida «DIGITAL ALMATY 2020» forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum sho‘’ba yig‘ilishlarida sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyotning kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, raqamli transformatsiya va hamkorlik masalalari keng muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashilinadi. Shuningdek, forum doirasida startap-loyihalar va AT-yechimlari taqdimotlari o‘rin olgan ko‘rgazma, ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Forum ishida xalqaro tashkilotlar rahbarlari, AT sohasining yetakchi ekspertlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Shu jumladan, xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.

Xalqaro anjuman tafsilotlarini «Xabar.uz» muxbiri bevosita kuzatib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring