Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyadagi prezident saylovini kuzatgani boradi

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyadagi prezident saylovini kuzatgani boradi

Foto: «Russkaya Planeta»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya 2018-yil 18-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasining deputatlari, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarining o‘rinbosarlari kiradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov delegatsiyaning boshqa a’zolari bilan birga MDH va ShHT kuzatuvchilari missiyalari tarkibida saylovda ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring