O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Atoqli olim, navoiyshunoslik ilmining yetuk namoyandalaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov 92 yoshida vafot etdi.
Ilm-fan fidoyisining zahmatli mehnatlari hech qachon unutilmaydi. Atoqli olim, yuzlab shogirdlarning mehribon ustozi Aziz Qayumov xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi, deyiladi O‘zA xabarida.
Tahririyatimiz nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter