Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari farg‘onalik yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari farg‘onalik yoshlar bilan uchrashdi

Foto: O‘zbekiston milliy gvardiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi hamkorligida «Fidokor yoshlar kelajagimiz va milliy armiyamizning mustahkam tayanchi» shiori ostida yoshlar anjumani o‘tkazildi. Anjumanda Milliy gvardiya markaziy apparati tomonidan tuzilgan ishchi guruh, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor A.Karimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi A.Akbarovlar ishtirok etdilar.

Anjuman yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarga oid davlat siyosati hamda mazkur yo‘nalishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi. Shuningdek, tadbirda harbiy qismning olti nafar harbiy xizmatchisi harbiy qismdagi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga a’zolikka qabul qilindi va a’zolik guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyat harbiy qismlari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma memorandum imzolandi. Joylarda barvaqt sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda tashabbus ko‘rsatayotgan yoshlar Milliy gvardiya harbiy qismi komandirining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring