Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston milliy jamoasining yangi libosi dizayni muxlislar tomonidan tanlanadi

O‘zbekiston milliy jamoasining yangi libosi dizayni muxlislar tomonidan tanlanadi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy jamoasi jahon miqyosidagi musobaqalarda yurtimiz futbolining yuzi hisoblanadi. Shuningdek, terma jamoani – xalq jamoasi deyishadi. Shunday ekan, O‘FA terma jamoa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday jarayonlardan xalqimiz xabardor bo‘lishi, imkon qadar ishtirok etishi zarur deb biladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar va muxlislar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish borasida bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri, terma jamoalar libosining yangi dizayni borasidagi tanlovdir. Endi har bir muxlis futbolchilar libosi dizayni borasida o‘z taklifini bildirishi mumkin.

Yangi libos dizaynini ishlab chiqib, O‘FAning elektron pochtasiga yuborish mumkin. Eng yaxshi deb topilgan ishlar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Xususan, mutaxassislar tomonidan ma’qul topilgan uchta eng yaxshi dizayn uchun mualliflarning har biriga terma jamoa yulduzlarining dastxatlari tushirilgan original futbol to‘plari sovg‘a qilinadi.

O‘z ishlaringizni info@ufa.uz elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring