Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston prezidenti «HRL Group» kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti «HRL Group» kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islomobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Pokiston biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «HRL Group» kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan uchrashdi.

Kompaniyalar guruhi qurilish, tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik korxonalar sirasiga kiradi.

O‘zbekiston tajribasini qo‘llagan holda Pokistondagi mis, oltin va o‘ta muhim minerallar konlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz yetakchisi kompaniya rahbarining Pokiston poytaxtida Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandda mehmonxona qurish tashabbuslarini olqishladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring