Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qatarni tor-mor qildi (foto)

O‘zbekiston Qatarni tor-mor qildi (foto)

Toshkentning «Paxtakor» stadionida o‘tkazilgan Osiyo chempionati-U23 2-turi doirasida O‘zbekiston Qatarga qarshi shou uyushtirib berdi.

Temur Kopadze shogirdlari uchrashuvda raqib darvozasiga bir-biridan chiroyli bo‘lgan javobsiz olti gol yo‘llashdi.

QATAR - O‘ZBEKISTON 0:6

Gol: 0:1 — 5, Jaloliddinov, 0:2 — 20, Erkinov, 0:3 — 45+1, Norchayev, 0:4 — 60, Hoshimov, 0:5 — 63, Yusuf Ayman (avtogol), 0:6 — 67, Jiyanov.

Qatar U-23: 22.Saloh Zakariya, 2.Ali Malola, 5.Yusuf Ayman, 6.Osama Abdulkarim, 7.Abdulrashid Umar, 8.Mustafo Tariq, 9.Yusuf Abdurisag, 10.Hoshim Ali, 12.Abdulla Isa al Sulaiti, 15.Jassim Gaber Abdulsalom, 19.Ahmad Suhayl

Zaxira: 1.Mahmud Ibrohim, 3.Diyab Harun, 4.Muhammad Emad, 11.Jassim Muhammad al Mehairi, 13.Muhammad Holid, 14.Andri Syaputra, 16.Faisal Muhammad, 17.Holid Volid Mansur, 18.Mekki Tombari, 20.Ahmad al G‘ani, 21.Maruan Sharif, 23.Jassim Muhammad al Sharshani

O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3. Doston Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug‘bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 16. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 23. Abduraf Bo‘riyev.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 21.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Abubakr Rizo Turdialiyev, 6. Jaloliddin Sodiqov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13. Eldor Begimov, 14.Abbosbek Fayzullayev, 15.Odilbek Abdumajidov, 16. Shahzod Toirov, 17. Diyor Xolmatov 20.Ruslanbek Jiyanov, 22.Alisher Odilov.

Shu tariqa O‘zbekiston U23 jamoasi muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi. Musobaqaning dastlabki turida vakillarimiz turkmanistonlik tengdoshlarini mag‘lub etishgandi.

Guruhning ikkinchi bahsida Turkmaniston kutilmaganda Erondan ustun keldi. Endi futbolchilarimiz oxirgi turda Eronga qarshi bahs olib borishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring