Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar sotishga mo‘ljallangan saytini yangiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar sotishga mo‘ljallangan saytini yangiladi

O‘zbekistonda chiptalarni onlayn sotadigan E-ticket sayti yangilandi. E-ticket orqali ichki va xalqaro temir yo‘l chiptasini masofadan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endi chiptalarni onlayn ravishda qaytarish imkoniyati ham bor. Sayt interfeysi oson va qulay ishlangan bo‘lib, mobil telefonlar uchun ham optimallashtirilgan.

Ichki yo‘nalishlarga elektron chiptalarni o‘zingiz A4 shaklida chop etib olishingiz kerak bo‘ladi. Elektron chiptaning qog‘oz nusxasi stansiya va vokzallarga kirishda va inspektor tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishda hamda muhr qo‘ydirishda kerak bo‘ladi.

Elektron chiptalarni sotib olishda vaqtincha faqat milliy to‘lov tizimining kartalari qabul qilinadi, keyinchalik Visa hamda MasterCard qabul qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring