Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Toshkent shahrida Gonkong maxsus ma’muriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kachchiu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida Gonkong rahbarining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatimiz bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va O‘zbekiston-Gonkong hamkorligini yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tomonlar investitsiyalar, moliya, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, transport va logistika sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi. Shuningdek, Gonkongning xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasi O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim joriy etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tuzish niyati bo‘yicha verbal notalar almashildi.

Mazkur qadam kelajakda ikki tomon fuqarolari uchun safarlarni yengillashtirish, sayyohlik va ishbilarmonlik aloqalarini yanada faollashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring