Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston ayrim yuklar uchun “yashil yo‘lak” joriy etishni taklif qilmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston ayrim yuklar uchun “yashil yo‘lak” joriy etishni taklif qilmoqda

© Getty Images / IvanSpasic

Tomonlar bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uyg‘unlashtirishni ham muhokama qilmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashish uchun yashil yo‘lak" tizimini joriy etishni taklif qilmoqda. Bu masalani O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston Moliya vazirligi qoshidagi Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi Jandos Duysembiyevbilan muhokama qildi, deya yozadi “Dunyo” AA.

“Tomonlar meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, ularning tezkor harakatlanishini ta’minlash maqsadida "yashil yo‘lak" tizimini joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar”, - deyilgan xabarda.

Muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uyg‘unlashtirish, zamonaviy logistika markazlarini qurish, shuningdek, yuk tashish va yetkazib berishda vaqt hamda moddiy xarajatlarni kamaytirish uchun chegara o‘tish punktlarini modernizatsiya qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, G‘ishtko‘prik (O‘zbekiston) – Jibek Joli (Qozog‘iston) va Davut-ota (O‘zbekiston) – Tajen (Qozog‘iston) asosiy chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash ishlarini tezlashtirish orqali savdo hajmini va turizm ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Sirdaryo viloyati hududida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi yaqinida joylashgan Sirdaryo–Atameken chegara o‘tkazish punkti infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring