Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Vetnam ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston Vetnam ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida Xitoyda o‘tkazayotgan yig‘inida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Srechko Katanets shogirdlari Dalyan shahrida Vetnamga qarshi bahsda maydonga tushib, g‘alabaga erishdi. Oston O‘runov hisobni ochgan bo‘lsa, Husniddin Aliqulov ikkinchi bo‘limda ikkinchi golga mualliflik qildi – 2:0.

Endi O‘zbekiston 16-oktyabr kuni navbatdagi o‘rtoqlik bahsida Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. Xitoy, Dalyan.

Vetnam – O‘zbekiston – 0:2

Gollar: Oston O‘runov 26, Husniddin Aliqulov 66.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring