Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, mahallalar, aholi punktlari, ko‘p kvartirali turarjoylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.

Joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilot tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqiladi.

Avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv ob’yektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlari, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlangani qat’iy nazoratga olinadi.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaroriga muvofiq, xayriya hasharini o‘tkazishda aholini boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hashar tegishli tashkilotlar hududida obodonlashtirish ishlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi. Obodonlashtirish tadbiri ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring