O‘zbekistonda bir qator bojxona postlari tugatiladi
2025-yil 17-dekabrdagi «Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-250-son Farmon ijrosi doirasida O‘zbekistonda bir qator bojxona postlari tugatiladi.
Xususan:
- Andijon viloyati MED bojxona posti
- Buxoro viloyati MED bojxona posti
- Namangan viloyati MED bojxona posti
- Samarqand viloyati MED bojxona posti
- Toshkent viloyati MED bojxona posti
- Farg‘ona viloyati MED bojxona posti
Mazkur chegara o‘tkazish punktlarida joriy yildan boshlab sinov tariqasida avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish ishlari faqatgina chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Bunda Chegara qo‘shinlari tomonidan avtotransport vositasini ko‘zdan kechirish jarayonida bojxona nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda yoki bojxona organlarining Xavflarni boshqarish tizimi ko‘rsatmasiga asosan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun bojxona organi jalb qilinadi.
Tugatilayotgan bojxona postlarining shtat birliklari «Bojxona rasmiylashtiruvi markazi»ga, shuningdek ish hajmi yuqori bo‘lgan boshqa bojxona postlariga o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, ayrim chegara o‘tkazish punktlarida 2026-yil 31-dekabrga qadar sinov tariqasida avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirishni faqatgina Chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ular:
- «Bobotog‘» bojxona punkti;
- «Uchto‘rg‘on» chegara bojxona posti;
- «Pop» chegara bojxona posti;
- «Rovot» chegara bojxona posti;
- «Rishton» chegara bojxona posti;
- «Bekobod avto» chegara bojxona posti.
Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevga ko‘ra, amaliyotga joriy etilayotgan yuqoridagi tartib bir birini takrorlovchi funksiyalarning qisqartirilishi hisobiga ayrim bojxona nazorati tartib-taomillarini chegara qo‘shinlariga o‘tkazilishini anglatadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter