O‘zbekistonda dollar narxi tushishda davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 13-martdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan -23,40 so‘mga tushdi va 8140,06 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 28,84 so‘mga tushib, 10030,18 so‘mga yetgan. 1 Rossiya rubli 0,20 so‘mga qimmatlab, 143,37 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter