Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiy xizmatchilar malakasi oshirishda yangicha tizim joriy etildi

Harbiy xizmatchilar malakasi oshirishda yangicha tizim joriy etildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida butunlay yangicha ko‘rinish va mazmundagi malaka oshirish tizimi joriy etildi.  

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu tizim O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 28- noyabr kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida bergan topshiriqlari asosida joriy etildi.

25-fevral kuni universitetda mazkur o‘quv kurslarining birinchi tinglovchilari qabul qilinib, ularning malakasini oshirish borasida amaliy ishlarga kirishildi.

Foto: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmati

Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramovning aytishicha, malaka oshirish kurslari davomida universitetning malakali professor-o‘qituvchilari va yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ushbu kurslarni tamomlagan ofitserlar qo‘shinlarda joriy etilgan yangi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar tizimini samarali va ta’sirchan tashkil etishga, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimi va intellektual salohiyatini yanada oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

15 kun davom etadigan o‘quv kurslarida shu yilning fevral oyidan 2020-yil iyun oyiga qadar 3 bosqichda, jami 600 nafarga yaqin tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari tahsil olishi rejalashtirilgan.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, universitet rahbariyati mazkur tashabbusdan juda mamnun va ushbu kurslar harbiylarga ijtimoy-siyosiy o‘zgarishlarda ham bilim olib borishda yordam berishiga ishonadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring