Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya yagona reyestri Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya yagona reyestri Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) vakillari.

Foto: «egovernment.uz»

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda yangi ishlab chiqilayotgan Ijtimoiy himoya yagona reyestri Konsepsiyasi muhokama qilindi. 

Uchrashuvda markaz tomonidan nafaqat muhtojlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, balki kelgusida ularni moddiy jihatdan mustaqil bo‘lishga imkon beradigan tizimni yaratish takliflari berildi.

Shuningdek, ishlab chiqilayotgan Yagona reyestr soliq, milliy identifikatsiya, nogironlik haqidagi ma’lumotlar, ijtimoiy nafaqalar va boshqa shu kabi ma’lumotlar bazalari bilan benefitsiarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va saralash uchun aniq bir dasturlar bo‘yicha ma’lumotlarni bazaga uzatish uchun bog‘langan bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Mazkur ma’lumotlar bazalari barcha davlat tashkilotlari uchun mavjud bo‘lishi va ma’lumotlar bir marta kiritilishi kerak.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Shu bilan birga, markaz vakillari mazkur dasturni amalga oshirishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring