Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ijtimoiy dorixonalardagi arzon dorilarni odamlarga ko‘chma dorixonalar orqali yetkazish taklif etildi

O‘zbekistonda ijtimoiy dorixonalardagi arzon dorilarni odamlarga ko‘chma dorixonalar orqali yetkazish taklif etildi

Foto: «Ndd.uz»

O‘zbekistonda ijtimoiy dorixonalardagi arzon dorilar xalqimizga, eng olis qishloqlarga qay tartibda yetkazib berilishi, omborxonalar ularni saqlash va maxsus texnikalarda ko‘chma dorixonalarni tashkil etish taklif etildi. Bu haqda bugun Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan anjumanda so‘z bordi.

Uning mahallaning kam ta’minlangan va yordamga muhtoj aholisi uchun foydasi qanday? Mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari bunday dorixonalarning joylashuvi va ularning narxi haqida aholini xabardor etish bo‘yicha qanday ishlar olib borayapti? Ijtimoiy ahamiyatga molik dori mahsulotlari narx-navosi bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining qat’iy jamoatchilik nazorati o‘rnatishda hamkorlik tizimi qanday bo‘ladi? Bu kabi savollarga anjumanda mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Aholini dori vositalari bilan ta’minlashdagi muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik komissiyalari aholining barcha qatlamlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali eng muhim muammolari hal etish ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil etishi kerakligiga urg‘u berildi. Bu borada fuqarolarning fikr, mulohaza va tavsiyalarini o‘rganish orqali aholi bilan aks aloqani ta’minlash juda dolzarbdir.

Mahalla tizimi vakillariga ijtimoiy ehtiyojmand va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashaydigan fuqarolarni ijtimoiy ahamiyatga ega va arzon dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarning haqiqiy holatini puxta o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi. Bu kabi tadbirlarni hududiy, tuman va shahar kengashlari tomonidan ham joylarda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Avvalroq ushbu tadbirda dori narxlarining balandligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layapti, himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zaruriyatini tug‘dirayotgani, mazkur muammolarning yechimi sifatida 2018–2019-yillarda ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i yaratilishi, ularda birinchi galda zarur bo‘ladigan 344 ta dori uzilmasligi ma’lum qilingani haqida xabar bergan edik.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring