Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Raqamli rivojlanish vazirligi tashkil etiladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini Raqamli rivojlanish vazirligi etib qayta ta’sis etish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu vazirlikning asosiy vazifalari etib:

  • raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha davlat va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • raqamli infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish, aholi maskanlarini tezkor internet tarmog‘i bilan ta’minlash, zamonaviy mobil aloqa xizmatlarini kengaytirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun raqamli platformalarni joriy qilish,
  • logistika va pochta tizimlarini rivojlantirish;
  • elektron hukumatni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, davlat axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va elektron hukumat xizmatlarini joriy qilish;
  • real iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari, birlashmalari va sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni boshqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
  • raqamli sanoatni kengaytirish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni va eksportga yo‘naltirilgan raqamli xizmatlarni, shu jumladan yuqori texnologiyali infratuzilmani yaratish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni ichki va tashqi bozorlarda rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish;
  • va boshqalar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining huquqiy vorisi hisoblanishi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring