Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda SI texnologiyalarini ishlab chiqishda etika qoidalari joriy etiladi

O‘zbekistonda SI texnologiyalarini ishlab chiqishda etika qoidalari joriy etiladi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish hamda qo‘llashdagi etika qoidalari va tamoyillari tasdiqlanadi. Bu boradagi idoraviy buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Buyruq loyihasi bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Etika qoidalari tasdiqlanmoqda:

  • qonuniylik;
  • shaxs, jamiyat va davlat va atrof tabiiy muhit manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi;
  • tushunarlilik;
  • SI tizimlarining doimo inson nazorati ostida bo‘lishi;
  • mutanosiblik;
  • mas’uliyat va javobgarlik;
  • adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • ochiqlik va shaffoflik;
  • ma’lumotlar himoyasi;
  • ishonchlilik va xavfsizlik;
  • xabardorlik va savodxonlik.

Shu bilan birga, Etika qoidalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini tartibga soluvchi vakolatli organ va sun’iy intellekt texnologiyalari sohasining boshqa ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt texnologiyalarining texnologik murakkabligi va avtonomiyasi, ularning shiddat bilan rivojlanish fakti hamda xavf-xatarlarni aniqlashning imkoni bo‘lmaganligi sababli Etika qoidalarini ishlab chiqishda inson va davlatning fundamental huquqlariga zarar yetkazmaslik sharti asos sifatida qo‘llanilgan.

Ma’lum qilinishicha, Etika qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqishda qator davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning tajribalari atroflicha o‘rganib chiqilgan. Jumladan, BAAning Sun’iy intellekt vazirligi hamda Indoneziyaning Kommunikatsiyalar va raqamlashtirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan, shu bilan birga, YuNESKO, Yevropa Ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti singari xalqaro hukumatlararo tashkilotlar tomonidan ham Etika qoidalari tasdiqlangan hujjatlar o‘rganilgan.

Hujjat bilan sun’iy intellekt ishtirokchilari (ishlab chiquvchi, joriy etuvchi, tartibga soluvchi va foydalanuvchilar)ning javobgarligi SI tizimlarini ishlab chiqish, joriy qilish, tartibga solish va foydalanish inson huquqlari, erkinliklari, uning hayoti va sog‘lig‘i, davlat va jamoat xavfsizligi hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelishi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi belgilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring