O‘zbekistonda taksi bozori aylanmasi 5 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda joriy yilning 7 oyda 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan o‘tgan yili 155 ta bo‘lgan).
Hisobot davrida jami 262,2 mln marta yo‘lovchi tashish amalga oshirilgan bo‘lib, yo‘lovchi tashish aylanmasi 5 trln so‘mdan oshdi.
Shundan:
- 3,6 trln so‘m yoki 72,2 foiz – naqd to‘lovlar;
- 1,4 trln so‘m yoki 27,8 foiz – naqdsiz to‘lovlar.
Bunda o‘rtacha bitta chek 19 077 so‘mni tashkil etgan (2024 yilda 18 456 so‘m).
Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 457,3 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar (3 480 nafari ayol) shug‘ullanmoqda. Haydovchilarning yarmidan ko‘pi (56,3 foiz) 30-50 yoshda – 257 629 kishi, 30 yoshgacha – 166 207 kishi (36,3 foiz), 50 yoshdan kattalar – 33 477 kishi (7,3 foiz).
7 oy davomida taksi xizmatini ko‘rsatgan 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.
Shuningdek:
- 50-100 mln so‘m – 19,1 ming haydovchi;
- 10-50 mln so‘m – 113,7 ming haydovchi;
- 5-10 mln so‘m – 59,4 ming haydovchi;
- 1-5 mln so‘m – 122,8 ming haydovchi;
- 1 mln so‘mgacha – 140,2 ming haydovchi.
7 oyda agregatorlar 98,8 mlrd so‘m soliq shundan, QQS 55,4 mlrd so‘m to‘ladi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter