O‘zbekistonda yangi axborot agentligi ish boshladi

Kecha, 8-sentabr kuni Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz"da "Turon24" axborot agentligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik xabar berdi.
Unda turli davlatlar elchixonalari vakillari, tashkilot va idoralar matbuot xizmati rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, taniqli blogerlar ishtirok etdi.
"Ommaviy axborot vositalarining ko‘payishi keyinchalik sifatli OAV faoliyati yuzaga chiqishiga zamin yaratadi. Turon24 axborot agentligining muvaffaqiyatli ish boshlayotgani bilan tabriklayman. Chunki, o‘ziga xos yo‘nalish – har ikki tarafning fikrini havola qilib, xulosani xalqning o‘ziga tashlaydi. Bugungi kunning asosiy tamoyili – ovoz bir tarafdan emas, ikki tarafdan eshitilishi adolatni ta’minlaydi. Falsafiy nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, qozi ham mazlum va zolimning ovozini eshitib hukm chiqaradi. Eng asosiysi, bu yerda qozi – xalq. Shu o‘rinda ushbu axborot agentligi axborot makonini tahliliy materiallar bilan ham boyitadi, deb umid qilaman, dedi O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter