Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi korxonalarning 12,7 foizi sanoat sohasida faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistondagi korxonalarning 12,7 foizi sanoat sohasida faoliyat yuritmoqda

Illyustrativ foto

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 465,6 mingtani tashkil etgan.

Shundan 395,6 mingtasi yoki 85 foizi — kichik korxona va mikrofirmalar.

Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

  • savdo sohasida — 32,5 foiz;
  • sanoat sohasida — 12,7 foiz;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 7,4 foiz;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 6,3 foiz;
  • qurilish sohasida — 6,4 foiz;
  • tashish va saqlash sohasida — 3,6 foiz;
  • axborot va aloqa sohasida — 2,4 foiz;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 2,8 foiz;
  • boshqa sohalarda — 25,9 foiz.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring