Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga Eron hududidan jazirama issiq ob-havo kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Eron hududidan jazirama issiq ob-havo kirib kelishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 30-iyun-2-iyul kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo kelmoqda.

30-iyun-1-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida, 1-2-iyul kunlari respublikaning qolgan hududlarida o‘rtacha haroratdan 5-7° daraja yuqori anomal issiq kutilmoqda.

Kunduzg vaqtlarda havo harorati shimolda +40…+43 °Cgacha, janub va cho‘l zonasida +44…+45 °Cgacha ko‘tarilishi taxmin qilingan.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda garmsel shamoli kuzatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring