Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik komissar Kosta Rika – Serbiya o‘yiniga tayinlandi

O‘zbekistonlik komissar Kosta Rika – Serbiya o‘yiniga tayinlandi

Foto: O‘FA

Shu yilning 14-iyun kuni Rossiya federatsiyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi. FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlashga O‘zbekistondan O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifovni ham taklif qilgan.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.

Olim Arifov FIFAdan dastlabki taqsimotni oldi. U JCh-2018 «Ye» guruhidan o‘rin olgan Kosta Rika – Serbiya uchrashuvida ishlaydigan bo‘ldi. Uchrashuv 17-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat  17:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring