Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yozuvchi Britaniyaning «Open Eurasia» tanlovi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yozuvchi Britaniyaning «Open Eurasia» tanlovi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi

«Open Eurasia» tanloviga Britaniyaning «Eurasian Creative Guild» tashkiloti tomonidan asos solingan.

Tashkil etilganiga 10 yil to‘lgan ushbu tanlov Sharq va G‘arb o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish platformasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu yilgi tanlovning bosh sovrinini O‘zbekiston vakili Andrey Grodzinskiy qo‘lga kiritdi. G‘olibga kitobini Londonda nashr etish imkoni beruvchi 7000 dollarlik grant berildi.

O‘zbekistonning yana bir vakili Zulxumor Kenjayeva «Kichik nasr» yo‘nalishi bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning o‘zbek tilidagi ijodi tanlov hakamlari hay’atini befarq qoldirmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring