Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar «kamroq choy ichish»ga odatlanmoqda — statistika

O‘zbekistonliklar «kamroq choy ichish»ga odatlanmoqda — statistika

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 31,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 23,6 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

- Xitoy – 19,7 ming tonna

-Keniya – 1,2 ming tonna

-Eron – 614 tonna

-Hindiston – 439 tonna

-Indoneziya – 378 tonna

-Shri-Lanka – 334 tonna

-Rossiya – 258 tonna

- BAA – 190 tonna

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring