Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p borayotgani ma’lum bo‘ldi (top-10)

O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p borayotgani ma’lum bo‘ldi (top-10)

Foto: Xabar.uz

2025-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonning 4,3 mlndan ziyod fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ta’kidlanishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 954,4 ming nafarga yoki 28,2 foizga oshgan.

Joriy yilning 7 oyida chet elga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni mamlakatlar kesimida:

  • Qirg‘iziston  1 918 904 nafar
  • Qozog‘iston 799 429 nafar
  • Tojikiston 754 123 nafar
  • Rossiya 274 356 nafar
  • Saudiya Arabistoni 151 705 nafar
  • Turkiya 141 753 nafar
  • BAA 82 587 nafar
  • Misr 38 081 nafar
  • Vetnam 22 762 nafar
  • Xitoy 20 484 nafar
  • Boshqa davlatlar 132 339 nafar

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring