Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar sentyabr oyidan Iordaniyaga vizasiz borishi mumkin

O‘zbekistonliklar sentyabr oyidan Iordaniyaga vizasiz borishi mumkin

O‘zbekiston fuqarolari 2025-yil 25-sentyabrdan boshlab Iordaniyaga vizasiz borishi mumkin. Bu ma’lumotni Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov tasdiqladi.

Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan 30 kun o‘tib 25-sentyabrdan kuchga kiradi. O‘zbekistonliklar Iordaniyada 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin bo‘ladi.

26-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning muzokaralari davomida ikki mamlakat o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi ishbilarmonlik aloqalari hamda o‘zaro sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilishi ta’kidlangandi.

Ayni paytda O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib joriy etilgan. Bu haqda tegishli bitim 2025-yil 3-fevral kuni Ommon shahrida imzolangandi. Prezidentning 2025-yil 30-iyuldagi qarori bilan O‘zbekiston hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar podshohligi hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring